Maxsus ehtiyojli bolalar uchun gadjetlar

Hozirgi kunda inklyuziv ta’lim, to‘siqsiz muhit va alohida ehtiyojli bolalarga yordam berish dolzarb masalaga aylandi. Bu boisdan, zamonaviy texnologiyalar o‘z xususiyatlari tufayli o‘qishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan bolalar dunyosini o‘zgartirdi. Bunday bolalarning ta’lim olish imkonini yanada osonlashtiradigan qurilmalar yildan yilga ko‘paymoqda. Gadjetlardan foydalanish osonlashib, hatto ularning tashqi ko‘rinishi ham yaxshilanib bormoqda.

Eshitish qobiliyatining buzilishi — endi muammo emas.

Eshitish qobiliyati zaif bo‘lgan bolani gapirishga o‘rgatish qiyin ishdir. Bunday hollarda ovoz paychalariga qo‘llaniladigan ovozni qabul qiluvchi "ovoz tayoqchasi" va so‘zning to‘g‘ri talaffuz qilinganligini ko‘rsatadigan monitordan iborat qurilma yordamga keladi. Gadjetni kompyuterga ulash va mashqlarni yuklab olish mumkin va qurilma yordamida bola o‘z intonatsiyasini boshqarishni ham o‘rganadi.

Gapirishni o‘rganib bo‘ldik, endi tovushlarni tushunishni o‘rganish kerak. Sochlarga biriktirilgan yoki kulon ko‘rinishida ham mavjud bo‘lgan, atrofdagi tovushlarni ilg‘ab olib, ularni tebranishlarga aylantiradigan kichik quti orqali bu murakkab muammoni hal qilish mumkin. Ovozning xususiyatlariga qarab, qurilma turlicha tebranadi, bu foydalanuvchiga uning atrofida nima sodir bo‘layotganini farqlash qobiliyatini beradi.

Ko‘rish qobiliyatining buzilishi — endi to‘siq emas

Zamonaviy bolalar planshetlarni qo‘llaridan qo‘ymaydilar. Ammo ekranda nima bo‘layotganini ko‘rmaydigan bolalar haqida nima deyish mumkin? Ular uchun ko‘zi ojizlarga mo‘ljallangan planshet kompyuter prototipi ishlab chiqilgan. Qurilmaning quyi qismi oddiy planshet bo‘lib, yuqori qismiga qo‘shimcha ravishda Brayl displeyi o‘rnatilgan bo‘ladi, u mikrofluidika prinsipi bo‘yicha ishlaydi: kanallar orqali oqayotgan suyuqlik ekran membranasini bosib, barmoqlar bilan paypaslash mumkin bo‘lgan bo‘rtma nuqtalarni hosil qiladi. Ushbu tamoyilga ega bo‘lgan planshetlarni ishlab chiqarish belgilarni shakllantiruvchi suriladigan mixchalari bor Brayl displeylaridan ancha arzonga tushadi.

Siz nima deb o‘ylaysiz, bu gadjetlar samaralimi?

Oldingi Keyingi