Uyga vazifani qanday qilib oson bajarish mumkin?

Farzandingiz “uyga vazifa”larni tayyorlashda qiyinchiliklarga duch kelyaptimi? Ushbu maqolada siz psixolog va pedagoglardan farzandingiz bilan birga uy vazifasini bajarishga doir maslahatlarni olasiz.

Ma’lumki, maktab inson hayotidagi eng muhim bosqichlardan biri, bolalar esa albatta yaxshi o‘qishlari kerak. Shu bois ba’zi ota-onalar bola holdan toyguncha darslarini bajarishi kerakligini talab qilib, barchasi imkon qadar mukammal bo‘lishi uchun bosim o‘tkazishadi. Aslida bajarilgan dasrlar asosiysi emas, balki, sizning bola bilan munosabatlaringiz, uning ruhiy holati va ilm-fanga bo‘lgan qiziqishi undan-da muhim.

Shunday ekan, oxiriga yetkazilmagan uy vazifasi — bu fojia ham, halokat ham emasligini anglash juda muhim (ota-ona ham, bola ham). Aks holda, siz o‘zingizni yomon ota yo ona deb his qilasiz, farzandingiz esa uni faqat baholari va natijalari uchun yaxshi ko‘radilar deb o‘ylashi mumkin va bu holat kelajakda baxtli inson bo‘lishida unga xalaqit beradi.

Bolaga "uy vazifasi" oldidagi qo‘rquvni yengib o‘tishiga yordam bering. Bola uy vazifalarini qanday bajarishni bilmasligi mumkin. Bunday holatlarda ota-onalarning vazifasi — bolaga qo‘rquvni yengishga, jarayonni tashkillashtirishga yordamlashish, nimadan boshlab nima bilan tugallash kerakligini, javoblarni daftarlarga qanday yozish kerakligini ko‘rsatib berish hisoblanadi.

Bolaga nima uchun dars qilish kerakligini tushuntiring. Ko‘p ota-onalar darslarni bajarishni odatga aylantirishga intilishadi, biroq aksariyat bolalar biror narsani nima uchun bajarish lozimligini tushunishmaydi. Bajarilmagan uy vazifalarini deb bolani jazolamang, bu to‘g‘ri yo‘l emas. Darslar nima uchun muhim ekanini xotirjam o‘tirib, misollar bilan tushuntirishga harakat qiling. Vaziyatni murakkablashtirmang, bu bolada ruhiy zo‘riqish rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Agar farzandingiz bunning uddasidan chiqa olmayotgan bo‘lsa g‘azablanmang. Yodda tuting, eng muhimi bolaning ruhiy holati va orangizdagi o‘zaro ishonchni saqlab qolish.

Keyingi