Bolalardagi sportga boʻlgan qiziqishni qanday saqlab qolish kerak
Bolalardagi sportga boʻlgan munosabat taxminan oʻsmirlik davrida shakllanadi. Bu davrda bolalar koʻpincha soʻnggi uch-toʻrt yil (yoki undan koʻp) davomida qatnagan sport boʻlimlarini tashlashadi. Buning sabablari turli xil boʻlishi mumkin: ba’zida borishga vaqt boʻlmay qoladi, ba’zan esa qiziqish yoʻqoladi.
Bundan tashqari, noaniq muammo ham mavjud. Kichik sinflarda bolalarning fiziologiyasi va psixologiyasi bir-biriga qarama-qarshi boʻladi. Bu yoshda bolaning bosh miya qobigʻida xohish va motivatsiya oʻrtasida barqaror bogʻliqlik paydo boʻladi. Miya bolaning nima qilayotganini va unga zavq keltiradigan narsalarni, masalan, toʻp bilan oʻynash yoki televizorni tomosha qilish kabilarni yozib olishni boshlaydi va keyin bu harakatlarni kodlaydi. Bu harakatlar uchun zarur boʻlgan miya hujayralari faollashadi, ammo shu bilan birga qolgan hujayralar oʻladi.
- Jismoniy darslar — haftasiga kamida 135 daqiqa. Jismoniy tarbiya asosiy darslar maqomida boʻlishi kerak, toʻliq ta’lim usiz tasavvur qilinishi kerak emas. Jismoniy tarbiya xohlaganda borib, xohlamasa shifokordan ma’lumot topshirib bormasa ham boʻlaveradigan fan emas, balki matematika va ona tili kabi muhim maqomdagi fan boʻlsin. Jismoniy tarbiya bolaning kelajakda sportga boʻlgan munosabatini shakllantiradigan obyektdir. Bu fan yoʻq boʻlsa — sportga ham munosabat boʻlmaydi.
- Darslar davomida faol tanaffuslar qiling. Tanaffusda oʻynash va chopishga ruxsat bering — bu boladagi tabiiy instinkt. Darslar davomida esa besh daqiqa faollik uyushtiring. Ulardan soʻng, keyingi 30-60 daqiqada davomida bolalar ma’lumotni yaxshiroq anglashadi.
- Jismoniy tarbiya murabbiylari trenerlar bilan birga ishlashi kerak. Birinchidan, jismoniy tarbiya oʻqituvchisi oʻz malakasini muntazam ravishda oshirishi kerak. Ikkinchidan, maktablar professional bolalar trenerlarini darslarga jalb qilishi kerak. Ular oʻqituvchilarga bolalar uchun yangi mashqlarni ishlab chiqishda yordam berishi mumkin.
- Jismoniy tarbiya bolalarga yoqishi kerak. Bu asosiy narsa. Bu fan hammaga oddiygina sakrash va arqonga oʻrmalashish fanidek emas, balki qiziqarli mashgʻulotlar bilan oʻtiladigan fan sifatida boʻlishi kerak. Barcha mashqlar turi va intensivligida bir biridan farq qilishi kerak. Shunda bolalar zerikish uchun vaqt topa olmaydilar va qoidalarga majburiyatdek qaramaydilar. Qolaversa, bolalarni maqtab turishni unutmang.
- Sport va harakat — ajoyib, buni bolalarga koʻrsating. Ota-onalar va hatto oʻqituvchilar ham bolalarga namuna boʻlishi kerak. Agar ota-ona telefon bilan vaqt oʻtkazishdan koʻra kechqurungi sayrni afzal koʻrsa, bola ham albatta ulardan oʻrnak oladi.