Bolalarda ekologik ta’limga qanday qiziqish uygʻotish mumkin?
Umumta’lim maktablarida 1-sinfdan ekologik ta’lim darslari boshlanadi. Bu oʻquvchilarda tabiatga muhabbat, atrof-muhitni asrab-avaylash tuygʻularini uygʻotishga yordam beradi. Yaqinda joriy etilgan “Ta’lim” fani oʻquvchilarning atrof-muhitga boʻlgan munosabatini ijobiy tarafga oʻzgartirishda, koʻnikma va malakalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Oʻquvchilarga ekologik ta'lim mavzusini tushuntirishda, ularni yosh jihatidan farqlash muhimdir. Sababi, boshlangʻich maktabda (7-10 yosh) bolalarning tabiatga munosabati va gʻoyalari juda oddiy va yengil boʻladi. Oʻsmirlik davrida esa (5-9-sinflar), ba’zi ilmiy poydevorga ega boʻlish maqsadga muvofiqdir.
Shu munosabat bilan bolalarda mavjud ta’lim dasturlari orqali ekologik ta’lim konsepsiyasini integratsiyalashtirishga tayyorligini shakllantirishga alohida e’tibor qaratish zarur. Agar oʻquvchi nazariy bilim olgan boʻlsa-yu, lekin undan hayotda foydalana olmasa, atrof-muhitga oqilona munosabatda boʻlmasa va uning tarbiyasi ijobiy tomonga oʻzgarmasa, oʻqituvchi darsda qoʻyilgan maqsadlarga erisha olmagan boʻladi.
Darsliklarda berilgan bilimlardan tashqari, oʻqituvchilar darsga tayyorgarlik koʻrayotganda qiziqarli ma’lumotlardan, interaktiv yondashuvdan foydalanishlari muhim. Shunda oʻquvchilar oʻz mintaqalariga xos misollar keltirishi va atrof-muhit bilan bogʻliq vaziyatni yaxshilash uchun muammolarni hal qilishda ishtirok eta olishlari mumkin boʻladi.
Masalan, internetdagi suvning ahamiyati haqidagi foydali manba:
“Inson tanasining 2/3 qismi suvdan iborat. Kattalar kuniga kamida 2 litr suv ichishi kerak. Biroq bunga hamma ham amal qila olmaydi. Bu esa hayot, salomatlik, goʻallik va ozish uchun muhimdir!
Suv inson tanasining barcha hujayralari uchun ozuqa hisoblanadi. Aynan suv har bir organning eng katta qismini egallaydi. Masalan, qonda suv miqdori 90%, miyada 85%, mushaklarda 75%, jigarda 65%, suyaklarda 28%, tana yogʻida 25% suv bor. Tanadagi barcha kimyoviy reaksiyalar suv ishtirokida sodir boʻladi.
Chanqoqlik hissi tananing yordamga muhtojligini bildiradi. Shuning sababli inson nafaqat oʻz tanasidan talab qilishi, balki uni doimo suv bilan ta’minlashi kerak.”