Bolalarni majburiy mehnatdan himoyalash
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, majburiy yoki ixtiyoriy bo‘lishidan qat’i nazar, ma’lum mehnat turlarida voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishni ta’qiqlaydi.
Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda va yig‘ishtirib olishda o‘quvchi va talabalar mehnatidan foydalanishni tartibga soluvchi qoidalar mavjud.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi 2009-yil 26-iyunda qabul qilgan “O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi ta’qiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxati”da o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning paxta terish ishlariga jalb etilmasligi belgilangan.
Demak, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda va yig‘ishtirib olishda o‘quvchi va talabalar mehnatidan foydalanishni tartibga soluvchi qoidalar to‘plami paxta terish ishlariga tatbiq etilmasligi ma’lum bo‘ladi. Chunki paxtani qo‘lda terish ishlari voyaga yetmagan shaxslar uchun noqulay mehnat sharoitlari ro‘yxatiga kiritilgan.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-1-moddasiga ko‘ra, voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi talablarni buzgan, voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sog‘lig‘i, xavfsizligi yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalangan shaxslarga nisbatan javobgarlik belgilangan.
Bir so‘z bilan aytgandaб mamlakatimizda bolalar majburiy mehnatidan O‘zbekiston Respublikasi Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi Konvensiya, zo‘rlab ishlatish yoki majburiy mehnat to‘g‘risidagi Konvensiya, Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini ta’qiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi Konvensiyalarni ratifikatsiya qilgan va 2008-yil 12-sentabrda Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi konvensiyani hamda bolalar mehnating og‘ir shakllarini ta’qiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi konvensiyani amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaror qabul qilingan.