Ish joylarida ayollar salomatligini himoyalash

Statistik ma’lumotlarga koʻra, dunyo boʻylab faol ishlaydigan ayollarning 60% ini tugʻish yoshidagi ayollar tashkil qiladi. Koʻp ayollar norasmiy tarzda ishlaydilar, demak, ularning ish faoliyati davlat organlari tomonidan tartibga solinmagan va himoya qilinmagan boʻladi. Ayollar rasmiy yoki norasmiy tarzda ishlashidan qat’iy nazar, ularning salomatligi va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun hukumat va fuqarolik jamiyati himoya choralarini koʻrishi muhimdir.

Ish joylarida homilador ayollar va onalar kamsitilishdan va sogʻliqqa ta’sir koʻrsatuvchi xavfdan himoyalanishlari kerak. Ularga emizish uchun vaqt berilishi kerak. Ular homiladorlik va tugʻruq ta’tillari, bandlik muhofazasi, tibbiy imtiyozlar va kerak boʻlgan moddiy yordam olish huquqiga ega boʻlishlari kerak.

Himoya chora tadbirlari quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin:

Tugʻuruq ta’tili: Ona farzandi tugʻilganidan soʻng dam olish huquqiga ega, unga oʻzi va oilasini ta’minlash uchun mablagʻ va ta’tili tugagach ishga qaytishi mumkinligiga kafolat beriladi.

Mehnat muhofazasi: Bunda homilador ayollar va yosh onalar tahqirlanmasiligi, homiladorlik, tugʻruq ta’tili yoki tugʻruq vaqti tufayli oʻz ishlari yoki mehnat huquqlarini (pensiya, pullik ta’tillar va h.k) yoʻqotilmasligi kafolatlanadi.

Keyingi