Hissiyot nima?

Psixologlar ta’riflashicha, hissiyot — shaxsning voqelikdagi narsa va hodisalarga, kishilarga hamda o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlardan kelib chiqadigan kechinmalarini anglatadi. Inson munosabatlari uning ongida his-tuyg‘ular, emotsional holatlar, yuksak ichki kechinmalar tarzida aks etishi hissiyotni yuzaga keltiradi.

Hissiyot tushunchasi kundalik turmushda ishlatiladi. Ilmiy manbalarda esa bu holat sezgilar, anglanmagan xohishlar, talablar, maqsadlar kabi atamalardan foydalaniladi.

Kishi hissiyoti tana a’zolarida ranglarning va yuzdagi mimikaning o‘zgarishi, kulgi, yig‘i, g‘amginlik kabi holatlar bilan ifodalanishi mumkin.

Vatanparvarlik, mas’uliyat, vijdon, sevgi kabi yuksak tuyg‘ular hissiyotga tegishli emas. Farqi shundaki, yuqoridagi hislar ijtimoit ma’noga ega, hissiyotlar esa har bir inson uchun induvidual kechadi.

Hissiyotlar faqat insonlarga emas, mavjudotlarga ham taalluqli ruhiy holatdir.

Hissiyotning fiziologik asosi bosh miya katta yarim sharlari po‘stida va po‘stloq osti qismida yuzaga keladigan nerv jarayonlaridir.

Oldingi Keyingi