Stress nima?

Hech qaysi ish faoliyati stressiz kechmasligini hammamiz yaxshi bilamiz. Shunday ekan, biz kundalik hayotda va ishxonada turli xil stressli holatlarga duch kelamiz.

Ba’zan asabiylik, charchoq va ortiqcha diqqat kishini holdan toydirishi mumkin. Bunday holatlarning surunkali davom etishi esa turli kasalliklarga olib keladi.

Shunday kasalliklardan biri – asab tizimining zo‘riqishi. Mutaxassislarning fikricha, bu kasallikning kelib chiqish sabablari quyidagilar:

1. Inson organizmidagi o‘zgarishlar, turli xil somatik, nevrologik kasalliklar bilan og‘rish, bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi, bosh miya jarohatlari surunkali nerv mushak o‘tkazuvchanligi buzilishi kasalliklari, kasalliklarning uzoq davom etishi, turli xil preparatlarni uzoq vaqt mobaynida ichish kabi holatlar natijasida bemorlarda asab tizimi astinezatsiyasi (psixofiziologik holdan toyish) yuzaga kelishi mumkin.

2. Noto‘g‘ri hayot tarzi, kun tartibining noto‘g‘ri tashkil qilinishi, ya’ni ish va dam olishning me’yorlashmagani, uyqusizlik, jismoniy imkoniyatlarni hisobga olmay organizmga beriladigan turli zo‘riqishlar, vaqtida ovqatlanmaslik, shuningdek noto‘g‘ri ovqatlanish stressga sabab bo‘lishi mumkin.

3. Bundan tashqari, ish joylarining to‘g‘ri tashkil qilinmasligi: yorug‘likning yetarli bo‘lmasligi, shovqin, havo aylanishi noto‘g‘ri bo‘lgan dim xonalarda uzoq muddat bir xil holatda o‘tirib ishlash ham asab tizimi astenizatsiyasiga olib kelishi mumkin.

Pedagogik soha ham murakkab sohalardan biri, shu bois, mehnat qonunchiligida bu soha vakillariga uzoq muddatli mehnat ta’tili beriladi va tibbiy ko‘rikdan o‘tish majburiyligi belgilangan.

Keyingi