Stressni yengishda yordam beruvchi maslahatlar
- Stressni yengishda sabr-qanoatli boʻlish va yaxshi hordiq chiqarish kerak.
- Ishda xushfe’l va xushmuomala boʻlishga, hamma bilan oʻzaro hurmat va doʻstona munosabatda boʻlishga harakat qiling.
- Koʻngilsizliklarni yuragingizda saqlamang. Salbiy hissiyotlardan iloji boricha tezroq qutilishga harakat qiling. Shu yoʻl bilan ruhiy salomatlikni saqlab qolish mumkin.
- Oʻzingizni boshqa mashgʻulotlar bilan band qilib, muammolardan chalgʻishga harakat qiling.
- Ichki hissiyotlarni yuzaga chiqaring, gʻam-alamlaringizni toʻkib soling. Bunday paytda yigʻlash yaxshi foyda berib, tananing tozalanishiga, koʻngildagi chigillarning yozilishiga yordam beradi. Ayni shu paytda ichingizdagi salbiy hissiyot koʻz yoshlari bilan chiqib ketadi.
- Salbiy narsalarga diqqatni jamlamang. Salbiy ma’lumotlarning hajmini kamatirishga harakat qiling.
- Shoshilmang. Toʻxtang va chuqur nafas oling. Sogʻliqdan ham muhimroq narsa yoʻq ekanini unutmang.