Dars tahillari nima uchun kerak?
Bugungi kunda o‘qituvchilar orasida “dars tahlillari kerakmi?” degan savol ko‘p uchraydi. Kimdir o‘qituvchilar faoliyatini nazorat qilish yoki metodik yordam ko‘rsatish uchun darslarni tahlil qilish kerak desa, kimdir, buni ortiqcha nazorat funksiyasi, o‘qituvchiga bosim deb hisoblaydi. Quyidagi maqolada biz qaysi holatlarda dars tahlillari o‘tkazilishini va u nimaga kerak ekanini ko‘rib chiqamiz.
Dars tahlilining quyidagi turlari mavjud:
- tashkiliy tahlil;
- ilmiy tahlil;
- didaktik tahlil;
- metodik taxlil;
- psixologik tahlil;
- pedagogik tahlil.
Darslar quyidagi maqsadda tahlil qilinadi:
- ta’lim va tarbiya jarayoni sifatini aniqlashda;
- o‘qituvchining pedagogik mahoratini oshirishga yordam berishda;
- ilg‘or ish usullari va metodlarini o‘rganish va ommalashtirishda;
- o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashishida;
- o‘quvchilarning bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlashda;
- ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
- o‘quvchilarning psixologik jarayonini o‘rganishda.
Ma’lumki, xalq ta’limi tizimidagi eng dolzarb vazifa – ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish, o‘qituvchilarning bilimi va kasbiy mahoratlarini oshirish, ularga amaliy metodik yordam berish, yosh o‘qituvchilarga kasbiga nisbatan ishtiyoqini oshirishga qaratilgandir.
O‘qituvchilarning o‘zaro dars tahlillari – bir-birlariga amaliy metodik yordam va tavsiyalar berish orqali dars samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Demak, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish uchun dars tahlillari zarur.