Har bir bola uchun teng imkoniyatlar
Inklyuziv ta’lim ijtimoiylashishga, shuningdek, nogiron bolalarga nisbatan kamsitishlarga qarshi kurashishga qaratilgan. Ushbu turdagi ta’lim har bir bolaga oʻquv jarayonining ajralmas qismi boʻlishlik imkoniyatini his qildiradi.
Har bir oʻqituvchining oʻz uslubi va oʻquv dasturi mavjud. U oʻz fanini juda yaxshi egallagan va bolalarga yondashuv shaklini yaxshi biladi. Kimdir mavzuni zoʻr bilishi mumkin, kimdir esa bunda qiyinchiliklarga duch keladi, lekin harakat tamoyili bolalarga tushunarli va oʻqituvchi dastur boʻyicha ketishda davom etadi. Ammo sinfda maxsus ehtiyojli bola boʻlsa-chi?
Sinfda boshqalarga oʻxshamaydigan oʻquvchi paydo boʻlganda, qolgan bolalarda savollar paydo boʻladi. Koʻpincha bu munosabatlar masxaralash va hatto haqoratlashga aylanadi. Bu yerda barcha mas’uliyat oʻqituvchi zimmasiga tushadi. U bolalar bilan gaplashishi, bu oʻquvchi bilan qanday munosabatda boʻlishlikni tushuntirishi kerak.
Inklyuziv ta’lim samarali va foydali boʻlishi mumkin. Ushbu turdagi ta’limni davom ettirish va rivojlantirish uchun baza, oʻqituvchilar va ta’lim muassasalari ma’muriyatiga yordam kerak. Oʻzgacha bolalarga oʻzgacha yondashuv kerak ekanini doim yodda saqlash kerak.
Maxsus ehtiyojli bolaning toʻliq huquqli ta’lim olishi uchun platforma va yordamchi vositalar kerak: oʻqitish usullari, maxsus adabiyotlar, qulay stol va stullar (bolaning sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolarga qarab), panduslar (binoga kirib chiqishda yordam beruvchi qiya yoʻlakcha). Vakolatli jamoaga ega boʻlish muhimdir: nutq terapevti oʻqituvchisi, oʻqituvchi-defektolog, oʻqituvchi-psixolog. Darslarni olib boruvchi oʻqituvchilardan tashqari, maktabda kun davomida bolaga hamroh boʻlgan repetitorlar ham muhim ahamiyatga ega. Bu talaba uchun oʻquv jarayonini sezilarli darajada osonlashtiradi.
Maxsus ehtiyojli bolalarning ota-onalari farzandlarining sinfdoshlari bilan muloqot qilishlari va barcha bolalar kabi ta’lim olishlaridan xursand boʻladilar.