Masofaviy (onlayn) ta’lim shakllari
Masofaviy ta’lim bir qator muhim afzalliklarga ega:
- moslashuvchanlik: o‘quvchilar o‘zlariga mos vaqtda va qulay joyda ta’lim olishlari mumkin;
- masofa: o‘quvchilar masofa jihatidan cheklanmaydilar va yashash joyidan qat’i nazar, o‘qish imkoniyatiga egalar;
- tejamkorlik: transport xarajatlarini kamaytirish imkoniyati bor.
Masofaviy ta’limdan nazariy bilimlar qo‘shimcha kuch talab qilmaydi va o‘quv mashqlari bilan uzviy bog‘langan holda o‘zlashtiriladi. Nazariy va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish materiallarni muntazam o‘rganish va dinamik asosda audio va video media orqali tinglash va takrorlash mashqlari orqali amalga oshiriladi.
Masofaviy ta’limning quyidagi shakllari bor:
Chat darslari — chat texnologiyalari yordamida olib boriladigan o‘quv mashg‘ulotlari. Chat darslari sinxron ravishda o‘tkaziladi, ya’ni, barcha ishtirokchilar bir vaqtning o‘zida suhbatga kirish imkoniga ega. Masofaviy ta’limdan foydalanadigan ko‘plab ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar va talabalar uchun chatlar mavjud.
Internetga-darslar — onlayn konferensiyalar, seminarlar, biznes o‘yinlar, laboratoriya ishlari, mahorat darslari va boshqa turdagi o‘qitish turlari telekommunikatsiya va internet tarmog‘ining boshqa funksiyalari yordamidagi masofaviy darslarni o‘z ichiga oladi.
Veb-sinflar uchun maxsus veb-forumlari — ma’lum bir mavzu bo‘yicha maxsus saytlarda qoldirilgan xabarlardan foydalangan holda foydalanuvchi bilan ishlash shakli. Veb-forumlar chat sessiyalaridan uzoq vaqt davomida (ko‘p kunlik) ishlash imkoniyati mavjudligi, talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi o‘zaro ta’limda asinxronlik (bir vaqtda birga ishlay olmaslik) xarakteri borligiga ko‘ra farqlanadi.
Telekonferensiya — elektron pochtadan foydalangan holda havola yuborish asosida o‘tkaziladi.
Shuningdek, masofaviy ta’limning o‘quv materiallari hududlardagi pochtalarga yuboriladigan shakli ham majvud. Bunday tizimning asosida "tabiiy o‘rganish jarayoni" deb nomlangan o‘qitish usuli yotadi.