Nima uchun oʻsmirlarni oʻqitish bolalarni oʻqitgandan koʻra qiyinroq?
Gap tarbiya haqida ketganda, diqqati jam boʻlgan va qabul qilishi yaxshi boʻlgan oʻsmir bilan muloqot qilishdan koʻra, diqqati doimo boʻlinadigan oʻsmir bilan oʻzaro muloqot qilish qiyinroq. Bu oʻqish sohasiga ham taalluqlidir: deyarli katta yoshli odamning miyasiga u idrok etishni istamaydigan narsani quyish juda qiyin.
Oʻrta maktabga kelib, oʻtish davri hamma oʻquvchilarda kuzatiladi va ularda bolalalik davridan uzoqlashish boshlanadi. Bola kattalarga, kattalar esa ishonchni mustahkamlash uchun hamma narsada bolaga e’tibor qaratadilar. Odatda, 10-13 yoshli bolalar oʻzlarini juda yuqori baholaydilar, chunki uyda ular hamma narsada ragʻbatlantiriladi. Oʻrganishdagi har bir qadam ota-onaning “barakalla!” degan soʻzlari bilan hamroh boʻladi. Bola har qanday holatda ham toʻxtab qolmasligi uchun koʻproq qoʻllab-quvvatlanadi: “Kel, yana harakat qilib koʻramiz?, Sen albatta muvaffaqiyatga erishasan!”.
Oʻsmirlar eski bolalik odatlaridan xalos boʻlishni xohlaydilar va mustaqillik hamda oʻzlarining individualligini izlash uchun ota-onalari bilan oʻxshashlikni almashishga tayyor boʻladilar. Bunga javoban, mas’uliyat va xavfsizlikni inobatga olgan holda, ota-onalar oʻsib borayotgan tanaga koʻproq joy ajratishni boshlaydilar, unga harakat qilish erkinligini beradilar va oʻzini-oʻzi anglash imkoniyatlarini taklif qiladilar. Lekin hammasi unchalik ham oson emas. Oʻsish jarayoni yangi va noma’lum kechinmalar foydasiga eski va tanish boʻlgan hamma narsani rad etish bilan bogʻliq, shu bois “oʻsmirlik” qoʻrquvni keltirib chiqaradi va jiddiy jasoratni talab qiladi. Xususan, dastlab, taxminan 15 yoshga toʻlgunga qadar, bola koʻp sabablarga koʻra oʻzini past baholaydi. Masalan:
- voyaga yetish uchun oʻsmir bolaligida unga quvonch baxsh etgan hamma narsa bilan xayrlashishi kerak;
- kashfiyotlar va tajribalarga toʻla dunyo, aslida, kutilgandan koʻra kattaroq koʻrinishi mumkin;
- ota-onalar bilan munosabatlar tobora keskinlashib boradi;.
- balogʻat yoshi nazorat qilib boʻlmaydigan jismoniy oʻzgarishlar sababli paydo boʻlgan uyatchanlikni kuchaytiradi;
- cheksiz erkinlik mas’uliyati tushkunlikka tushiradi;
- tengdoshlarning guruhiga mansub boʻlish uchun ijtimoiy kurash ba’zan shafqatsiz boʻladi.
Ajablanarli darajada tez oʻzgarib borayotgan inson bilan yaqin va qalin munosabatlarda qolish ba’zida juda qiyin boʻlishi mumkin.
Bu ota-onalarga ham, oʻqituvchilarga ham tegishli. Rivojlanishning barcha mumkin boʻlgan jabhalaridagi oʻzgarishlar maktabdagi ishni oʻn karra murakkablashtiradi. Oʻsmirlar bilan va ularning bir-biri bilan oʻzaro munosabat muntazam ravishda oʻqituvchilarning kuchini sinab koʻradi. Sabrli, moslashuvchan va ta’sirchan bolalar oʻtmishda qolgan.
Sinfdagi qarama-qarshilikka dosh berish uchun oʻsmirga katta chidamlilik kerak. Oʻqituvchi esa uquvsizlikni e’tiborsiz qoldirmaydi, xatolarni qabul qiladi va kechiradi, bola oʻzini ahmoq his qilganda yordam beradi, uyatchanlikni hurmat qiladi va yordam beradi. Zero, ta’lim jaholatni yoʻq qilishga qaratilgan. Yaxshi oʻqituvchi Suqrotning soʻzlarini aniq biladi: “Men hech narsa bilmasligimni bilaman”.
Qolaversa, internetning ham oʻziga jalb qilish xususiyati bor. Hozirda oʻsmirlar bir emas, ikki olamda oʻsmoqda. Muntazam va ortib borayotgan mas’uliyatlarga toʻla oflayn dunyo va cheksiz hamda tezkor oʻyin-kulgilarga toʻla onlayn dunyo mavjud. Ma’lumotlarning bir qismi internetda oʻzlashtirilayotgan boʻlsa-da, sinfda, stolda va qogʻoz darsliklar bilan oʻrganish hali ham muhim. Agar siz oʻsmir boʻlsangiz, ikki dunyodan qaysi birini tanlagan boʻlardingiz? Javob aniq.
Bugungi kunda oʻqituvchilar bu hodisalar bilan tinimsiz kurashmoqdalar. Internet — siz tasavvur qilganingizdan ham koʻproq narsani taklif qiladigan dunyo. Farzandingizda internetda nafaqat oʻyinlar va ilovalarni taklif qilishingiz, balki, undan ma’lumot qidirishda, oʻquv va qiziqarli dasturlarni tomosha qilishda, geografiyani oʻrganishgda foydalanishni oʻrgatishingiz mumkin.