7.1-7.5.png

Emlanishdan keyingi ehtimoliy nojo‘ya ta'sirlar haqidagi noto‘g‘ri ma'lumotlar bilan ishlash

Pandemiya paytida mish-mishlar va noto‘g‘ri ma'lumotlarning tarqalishi odatiy holdir. Odamlar ommaviy axborot vositalaridan, ijtimoiy tarmoqlardan, do‘stlaridan yoki oilasi a'zolaridan noto‘g‘ri ma'lumot eshitgan bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, ularga har doim faktlarni keltirish juda muhim: agar siz aniq faktlarni bilmasangiz, suhbatdoshigizga ma'lumotni topganingizdan so‘ng u bilan qaytib bog‘lanishingizni bildiring. Eng so‘nggi va ishonchli ma'lumotlarni taqdim etishga ishonch hosil qiling.

Ba'zi odamlar COVID-19 ga qarshi emlanishdan keyin yengil nojo‘ya ta'sirlarni his qilishlari mumkin. Bu normal holat, lekin odamlar nojo‘ya ta'sirlar haqida noto‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lishlari va noto‘g‘ri ma'lumotlarni tarqalishiga sabab bo‘lib qolishlari mumkin. Tibbiyot xodimi sifatida siz emlanishdan keyin bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar haqida dalillarga asoslangan, to‘g‘ri ma'lumotlarni berishingiz kerak. Masalan, emlanishdan keyingi ehtimoliy nojo‘ya ta'sirlarga yengil isitma, bosh og‘rig‘i va mushak og‘riqlari kiradi.

Emlanishdan keyingi ehtimoliy yengil nojo‘ya ta'sirlar uzoq davom etmaydi va odatda 1-3 kundan keyin yo‘qoladi. Yengil nojo‘ya ta'sirlarni boshdan kechirish tanangizda COVID-19 ga qarshi immunitet hosil bo‘layotganligini ko‘rsatadi. Ammo, emlanishdan keyin yuzaga kelgan har qanday nojo‘ya ta'sirlar yuzasidan oilaviy poliklinikangizga murojaat qilishingiz muhim.

If you cannot view the above video, you can instead download it.

Oldingi Keyingi