Emlanishdan so‘ng nimalarni kutish kerak
COVID-19 ga qarshi emlangandan so‘ng ba'zi yengil nojo‘ya ta'sirlarni boshdan kechirish mutlaqo normaldir. Emlashdan keyin bo‘lishi mumkin bo‘lgan yengil nojo‘ya ta'sirlarga 1-3 kun davom etishi mumkin bo‘lgan yengil isitma, inyeksiya joyida qizarish, bosh og‘rig‘i va mushak og‘rig‘i kiradi. Biroq, ko‘p odamlar hech qanday nojo‘ya ta'sirlarni sezmaydilar. Nojo‘ya ta'sirlar darajasi grippga qarshi emlash bilan bir xil.
Ammo, emlanishdan keyin yuzaga kelgan har qanday nojo‘ya ta'sirlar yuzasidan oilaviy poliklinikangizga murojaat qilishingiz muhim.
Emlashdan so‘ng, sauna va hammomga borish, inyeksiya joyini davolash taqiqlanadi, chunki bu ham turli reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin.