7.1-7.5.png

Emlanishga nisbatan ishonchsizlikni bartaraf etish ustida ishlash

Tibbiyot xodimi sifatida siz noto‘g‘ri ma'lumotlarni nazorat qilishingiz va odamlar aslida nimadan tashvishlanayotganini aniqlashingiz kerak. Aholi orasida mavjud savollar va mish-mishlarni bartaraf etishda quyidagi 4 qadamdan foydalanish mumkin: Tayyorlanish, Tinglash, Tushunish va Jalb qilish.

  1. TAYYORLANISH — reja tuzish orqali
  2. TINGLASH — mish-mishlarni tizimli monitoring qilish orqali
  3. TUSHUNISH - mishmishlar qayerdan kelib chiqayotganini bilish
  4. Jamiyatni JALB QILISH. Odamlarni tarqalayotgan yolg‘on ma'lumotlar haqida ogohlantirish. Ma'lumotning yolg‘on ekanligini va ushbu habarlarni tarqatuvchilarda qanday yashirin maqsadlar bo‘lishi mumkinligini aholiga tushuntirish.

Tibbiyot xodimi sifatida siz COVID-19 ga qarshi emlashda muvaffaqiyatga erishishda muhim rol o‘ynaysiz. O‘zingizni jamiyat a'zosi o‘rniga qo‘yish uchun hamdardlikdan foydalaning. Bu aholi vakillarining qiyinchiliklari va qo‘rquvlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Odamlarga g‘amxo‘rlik qilish vaksinalarga ishonchni mustahkamlashi va COVID-19 ga qarshi emlanish qamrovini oshirishi mumkin.

Odamlarning vaksinalarga nisbatan his-tuyg‘ulari turlicha bo‘lganligi sababli, muloqotingizni suhbatdoshingizning vaksina bo‘yicha qarashlariga moslashtirishni unutmang. Quyida turli auditoriyalarga moslash misollari keltirilgan:

  1. Faqat ba'zi emlanishlarni qabul qiladigan odamlar uchun: odamlarga qo‘llaniladigan vaksinalar ko‘plab kasalliklarning oldini olgani va COVID-19 ga qarshi vaksinalari xuddi shu tarzda ishlashini eslating. Shuningdek, COVID-19 ga qarshi vaksinalarining xavfsiz ekanligi isbotlanganligini ham ta'kidlang.
  2. Vaksinalarni qabul qiladigan, lekin emlanishga hali ishonchi komil bo‘lmagan odamlar uchun: COVID-19 ga qarshi vaksinalar sinovdan o‘tgani va COVID-19 dan himoya qilishda samarali ekanligi haqida gapiring.
  3. Barcha emlanishlardan bosh tortgan odamlar uchun: Bu guruh odamlari hech qachon o‘z fikrini o‘zgartirmasligi mumkin. Bu guruxga kiruvchilar bilan baxslashmasdan, ularga ishonchli manbalar haqida ma'lumot bering. Savollari bo‘lsa har doim sizga muroajat qilishlari mumkinligini eslating.
Oldingi Keyingi