7.1-7.5.png

Vaksina xavfsizligi haqida noto‘g‘ri ma'lumotlar va mish-mishlarni bartaraf etish

Vaksina xavfsizligi haqidagi xavotirlar noto‘g‘ri ma'lumotlarning va mish-mishlarning tarqalishiga olib keladi. Barcha vaksinalarda xavfsizlik ustuvor yo‘nalishi ekanligini aholiga tushuntiring. Vaksinalarni ishlab chiqarish va tashish jarayoni, jumladan, xodimlarni vaksinalardan foydalanishga o‘rgatish hamisha qattiq nazorat ostida olib boriladi. Davlatimiz mamlakatimizga kirib keladigan barcha vaksinalarning xavfsizligiga katta e'tibor qaratadi.

Ba'zi odamlar emlanish orqali emas, balki virusni yuqtirish orqali COVID-19 dan immunitet hosil qilinishini afzal ko‘rishlari mumkin. Agar odam COVID-19 bilan kasallangan bo‘lsa, kasallikning og‘ir kechishi va jiddiy asoratlar ehtimoli ancha yuqori ekanligini tushuntiring. Emlanish ushbu xavfni bartaraf etib, havfsiz himoyani ta'minlaydi.

Vaksina xavfsiz ekanligini qanday bilamiz? Vaksina sinovlaridan olingan xavfsizlik ma'lumotlari butun dunyo hukumatlari hamda vaksina xavfsizligiga ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar tomonidan sinchkovlik bilan ko‘rib chiqiladi. Vaksinalarning xavfsizligi mutasaddi davlat tashkilotlari tomonidan doimiy nazorat qilinadi.

Shu kungacha ishlab chiqarilgan vaksinalar kabi COVID-19 ga qarshi vaksinalar ham xavfsizlik standartlariga javob berishini aholiga tushuntiring. Vaksinalar turli mamlakatlarda turli xil odamlarda sinovdan o‘tkazildi va aholi uchun xech qanday xavfsizlik muammolari aniqlanmadi. Allergiyasi mavjud odamlar emlanishdan avval tibbiy hodim bilan maslahatlashishlari kerak. Vaksinaning tarkibiy qismilariga allergiyalari bo‘lmasa, ular emlanishlari zarur.

Oldingi Keyingi