Vaksinalarga nisbatan ishonchni mustahkamlash va mish-mishlarni monitoring qilish
Emlanishga ishonch bu odamlarning vaksinalarga ishonishi, tibbiyot xodimlariga ishonishi va vaksinani yaratish jarayoniga ishonishidir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, emlanish yoki emlanmaslik odamlarning emlashdan keyin bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar, samaradorlik, xavfsizlik, shuningdek, emlash xizmatlarining mavjudligini bilishlariga bog‘liq. Emlanishga ishonchni mustahkamlash odamlar orasida emlashga nisbatan ishonchsizlik va noto‘g‘ri ma'lumotlarni bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega.
Aholini muloqotga jalb qilish orqali emlanishga bo‘lgan ishonchni oshiring. Vaksinalar haqida aniq, to‘liq va dalillarga asoslangan xabarlarni tarqating. Odamlarning savollari, shubhalari va qo‘rquvlari nima ekanligini bilib oling va ularga aniq javob bering.
Aholi emlanish bo‘yicha savollariga javob olishlari uchun ular bilan muntazam muloqotda bo‘ling.
Aholi orasida tarqalayotgan noto‘g‘ri ma'lumotlarni kuzatish
Aholi orasida tarqalayotgan mish-mishlarni kuzatish, aholi bilan muloqotning asosiy qismidir. Jamiyatda tarqalayotgan m'lumotlarni kuzatib borish sizga COVID-19 ga qarshi vaksinasi haqidagi yolg‘on xabarlarni aniqlashga va ularni keng tarqalishini oldini olishga yordam beradi. Ushbu maqsadda siz aloqa markaziga kelgan savollar yoki ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarni tahlil qilishingiz mumkin.