6.2.png

Aholi bilan samarali muloqot uchun maslahatlar

Samarali muloqot qilish uchun ko‘plab strategiyalar mavjud. Quyidagi bo‘limda ular haqida qisqacha ma'lumot berilgan:

  1. Muloqot jarayonida har doim hamdardlik ko‘rsating. Esingizda tutingki, emlanish ba'zi odamlarni tashvishlanantirishi mumkin.
  2. Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarlarini muntazam kuzatib boring va muloqot orqali berayotgan ma'lumotlaringiz ularga muvofiqligiga ishonch hosil qiling. Muloqot davomida aniq faktlarni taqdim etish muhimdir.
  3. Sizga berilgan savollarning barchasiga ham javobingiz bo‘lmasligi mumkin. Bunday vaziyatda bu savolga javobni rahbaringiz va mutaxassislar yordamida aniqlashitishingizni va muloqot ishtirokchilariga javoblarni yetkazishingizni ayting.
  4. Muloqotdan chetda qolishi mumkin bo‘lgan yoki chekka hudularda yashovchi odamlar bilan gaplashishni unutmang. Ularga emlash xizmatlaridan foydalanishda yordam kerak bo‘lishi mumkin.
  5. Emlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan odamlarga e'tibor qarating. Ular bilan gaplashganingizda hamdardlik ko‘rsating va ulardan COVID-19 ga qarshi emlanish haqida nimalarni eshitganlarini so‘rang.

Har qanday noto‘g‘ri ma'lumotni to‘g‘irlang va oddiy so‘zlar yordamida tushunishga yordam beradigan faktlarni baham ko‘ring. Odamlarga emlanish pandemiyani tugatish uchun asosiy bo‘lgan muhim qadam ekanligini eslatib turing.

Oldingi Keyingi