Aholi bilan suhbatni qanday boshlash kerak
Ba'zida odamlar bilan suhbatni boshlash qiyin bo‘lishi mumkin. Suhbatni odamlarning tashvishlari va ularda qanday savollar borligi haqida ko‘proq bilishdan boshlash foydalidir. Ularning savollariga javob berishga harakat qiling. Odamlar bilan muloqotni boshlash uchun quyidagi savollardan foydalanish mumkin:
- COVID-19 ga qarshi vaksinalar haqida nima eshitgansiz?
- COVID-19 ga qarshi vaksinalar haqida savollaringiz bormi?
- COVID-19 ga qarshi vaksinalar haqida qanday ma'lumotlarni bilishni xohlaysiz?
Tegishli ma'lumotlarni baham ko‘ring, masalan, mavjud vaksinalar turi, emlashning afzalliklari va emlanishdan keyingi ehtimoliy nojo‘ya ta'sirlar yuzaga kelganida qanday choralar ko‘rish kerakligi haqida.