Emlanishga talabni shakllantirish va aholini COVID-19 xavflari haqida xabardor qilish
COVID-19 xavflari to‘g‘risida muloqot — jamiyatga xavf-xatarlarni o‘rganishda va odamlarga to‘g‘ri tanlov qilishlari, o‘zlari va yaqinlarini COVID-19 infeksiyasidan himoya qilishlarida yordam beradigan vositadir. COVID-19 xavflari to‘g‘risida samarali muloqot — davlat organlari va jamoatchilik o‘rtasidagi ikki tomonlama suhbatdir.
COVID-19 xavflari to‘g‘risida samarali muloqot maqsadi emlanishga ishonchi komil bo‘lmagan jamoa a'zolari o‘rtasida ishonchni mustahkamlashdir.
COVID-19 ga qarshi emlanish haqida jamiyat bilan muloqot qilish muhim. Jamiyatdagi barcha guruhlar o‘zlarini qamrab olingan deb his qilsalar, ular vaksinani qabul qilishlari, uning xavfsizligi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni tarqatishlari va umuman jamiyatni himoya qilishlari ehtimoli ortadi. Tibbiyot xodimi sifatida odamlar sizga ishonishadi, shuning uchun siz COVID-19 ga qarshi vaksinalarni joriy qilishda muhim rol o‘ynaysiz.
Shuningdek, COVID-19 ga qarshi vaksinalarning afzalliklari haqida xabarni tarqatishda yordam berish uchun barcha turli jamoat rahbarlari va guruhlari bilan ishlash foydalidir. Jamiyat yetakchilari, fuqarolik jamiyati tashkiloti vakillari va boshqalarnining axborot almashish qobiliyatlarini rivojlantirishga harakat qiling. Ma'lumotni mahallalarda, transportda, tadbirlarda va yoshlar orasida, shuningdek, radio, SMS, Telegram, uyga tashrif buyurish va jamoat uchrashuvlari orqali almashish mumkin.
COVID-19 bo‘yicha aholi bilan muloqot uchun maqsadlarni belgilash
COVID-19 ga qarshi vaksinasi bo‘yicha samarali muloqot olib borish uchun quyidagilarni bajaring:
- Emlanish bo‘yicha muloqot qilishingizning asosiy maqsadini belgilang. Misol uchun, bu emlanishga ishonchni oshirish, vaksina xavfsizligini ta'kidlash yoki emlanish haqidagi afsonalarni nazorat qilish bo‘lishi mumkin.
- Keyin fikrlaringizni qay tarzda yetkazishingizni hal qilish uchun ushbu maqsaddan foydalaning.
- COVID-19 ga qarshi vaksina bo‘yicha asosiy ma'lumotlarni, masalan, ular qayerda ishlab chiqarilgani va tarqatilgani haqida ma'lumot berganingizga ishonch hosil qiling.