4.3.png

Buster dozasi uchun qanday vaksina beriladi?

Buster dozasi uchun, dastlab qaysi vaksina bilan emlanganlikdan qat'iy nazar, Moderna, Pfizer-BioNTech va ZF-UZ-VAC2001 kabi m-RNK-vaksinalarning birontasini tanlash mumkin.

Agar buster doza sifatida m-RNK-vaksinalardan foydalanishning iloji bo‘lmasa, u holda mavjud, qo‘llanilishi ma'qullangan har qanday boshqa vaksinadan foydalanish mumkin.

COVID-19 ga qarshi vaksinaning buster dozasini qachon olish mumkin?

Agar vaksinaning birinchi va ikkinchi dozalari bir oylik oraliq bilan qabul qilingan bo‘lsa, u holda buster dozani vaksinaning birinchi dozasi olinganidan keyin 6 oy o‘tgach olish mumkin.

Agar emlashlar dozalari orasidagi oraliq bir oydan oshgan bo‘lsa, buster dozasini vaksinaning oxirgi dozasi olinganidan to‘rt oy o‘tib olish mumkin.

Oldingi