4.1.png

COVID-19 ga qarshi vaksinaning buster dozasi nima va uni kimlar olishi mumkin?

Vaqt o‘tishi bilan odamlarda vaksinatsiya orqali hosil bo‘lgan immunitet darajasi pasayadi. Shu bois organizmdagi emlashdan keyin shakllangan immun tizimi samarali ishlashini davom ettirishi uchun emlashni takrorlash kerak.

Buster doza – bu vaqt o‘tishi bilan pasayishi mumkin bo‘lgan immunitet tarangligini kuchaytiruvchi, to‘liq emlash kursini olgan (sxemaga muvofiq) shaxslar qo‘shimcha emlanishi kerak bo‘lgan vaksina dozasidir.

O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi vaksinaning buster dozasini 18 yoshga to‘lgan, COVID-19 ga qarshi to‘liq emlanish kursini olgan: ya'ni, Moderna, Pfizer, AstraZeneca (CoviShield) Sinovac vaksinalarning ikki dozasini yoki ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining uch dozasini yoxud SputnikLight vaksinasining bir dozasini qabul qilganlar olishlari mumkin.

Keyingi