COVID-19 ga qarshi emlanish, PCR va antitanalar darajasini aniqlovchi testlar
Emlashdan oldin antitanalar darajasini aniqlovchi yoki PCR test qilish kerakmi?
Yo‘q. Emlashdan oldin PCR yoki antitanalar mavjudligi yuzasidan topshiriladigan testlar talab qilinmaydi.
COVID-19 ga qarshi vaksina bilan emlanish PCR yoki antigen testining natijasi ijobiy bo‘lishiga olib kelishi mumkinmi?
Yo‘q, COVID-19 ga qarshi vaksina PCR yoki antigen laboratoriya testining natijasi ijobiy bo‘lishiga olib kelmaydi. Chunki test inson immunitetini emas, balki kasallikning mavjudligini tekshiradi. Biroq, COVID-19 vaksinasi organizmda immunitet reaksiyasini keltirib chiqarganligi sababli, COVID-19 ga qarshi immunitetini aniqlaydigan antitanalar testi (serologik test) ijobiy natija ko‘rsatishi mumkin.
Agar antitanalar darajasi yuqori bo‘lsa, emlanmaslik mumkinmi?
Antitanalarning yuqori darajada mavjudligi COVID-19 ga qarshi emlanmaslik uchun ko‘rsatma bo‘la olmaydi. Birinchidan, infeksiyadan himoya qilish uchun antitanalarning miqdori yetarli bo‘lgan ko‘rsatkichni aniqlashga imkon beradigan yagona metodologiya hali mavjud emas. Ikkinchidan, antitanalar koronavirusning yangi shtammlariga qanchalik tez va samarali moslashishini baholaydigan tizim ham mavjud emas.