COVID-19 ga qarshi vaksinani boshqa kasalliklarga qarshi emlanishlar bilan bir vaqtda olsa bo‘ladimi?
Boshqa kasalliklarga qarshi muntazam emlashlarni COVID-19 ga qarshi vaksinaning ikkinchi dozasini olgandan keyin 30 kun o‘tgach amalga oshirilishi tavsiya etiladi.
Zarurat bo‘lsa, grippga qarshi emlash jarayonida ushbu intervalni 14 kungacha qisqartirish mumkin, yoki bir kunda ham emlasa bo‘ladi, faqat birini bir qo‘lga, ikkinchisini ikkinchi qo‘lga yuborish kerak.