Emlanishdan oldin qanday tartib-qoidalarga rioya qilish kerak?
Emlanishdan bir necha kun oldin, shuningdek, emlanishdan keyin 3-5 kun mobaynida spirtli ichimliklardan voz kechish tavsiya etiladi. Spirtli ichimliklar organizmga immunosupressiv ta'sir ko‘rsatadi, ya'ni u immunitet tizimini bostiradi, hamda intoksikatsiya va allergik reaksiyalar tufayli boshqa nojo‘ya ta'sirlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bularning barchasi oxir-oqibat immunitetning shakllanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi va emlanishdan keyingi umumiy holatni yomonlashtirishi mumkin.