Emlashning ikkinchi/uchinchi bosqichi qancha vaqtga kechiktirilishi mumkin?
Vaksinalarning ikkinchi dozasini olish vaqti quyidagicha:
Pfizer-BioNTech (Comirnaty) - 21-28 kun.
Sinovac Biotech (CoronaVac) — 28 kun.
AstraZeneca (Oxford) - 12 hafta (agar 4 hafta ichida olinmagan bo‘lsa).
Vaksinaning ikkinchi dozasi tavsiya etilgan vaqt oralig‘idan kechroq olingan bo‘lsa ham, u hisobga o‘tadi. Biroq, ikkinchi/uchinchi dozani kechiktirish COVID-19 bilan kasallanish xavfini oshiradi.
Buster doza esa emlanishning to‘liq kursi tugagandan so‘ng 4-6 oy o‘tgach qo‘llaniladi.