COVID-19 ga qarshi mavjud vaksina turlari
COVID-19 ga qarshi vaksinalarning bir necha turi mavjud. Ular bizni COVID-19 dan himoya qilish uchun xavfsiz va samarali ekanligiga ishonch hosil qilish uchun keng miqyosda sinovdan oʻtkazilgan. Vaksinalarda mRNK (Pfizer va Moderna), vektorlar (AstraZeneca va J&J) yoki oqsillar ishlatiladi. Vektorli vaksinalar faqat bitta dozadan iborat boʻlsa-da, mRNK vaksinalari immunitet toʻliq shakllanishi uchun ikki-uch dozani talab qiladi. Bundan tashqari, COVID-19 dan yaxshiroq himoyalanish uchun emlanishdan soʻng 4-6 oy oʻtgach, buster dozani olish maqsadga muvofiq.
Birinchi emlanish organizmga virusni tanib olishga yordam beradi, ikkinchi emlanish esa tanaga virus bilan qanday kurashish kerakligini oʻrgatadi.
Yetarlicha odam kasallikka qarshi immunitetga ega boʻlsa (aholining 70% i), bu virusning tarqalishini qiyinlashtiradi. Natijada, butun jamiyat, hatto emlanmagan yoki emlana olmaydigan insonlar ham himoyalangan boʻladi. Bu jarayon jamoaviy immunitet deb ataladi.
If you cannot view the above video, you can instead download it.