COVID-19 ga qarshi vaksinalar inson immunitetini zaiflashtirishi mumkinmi?
Vaksinalar immunitetni zaiflashtirmaydi. Aksincha, ular organizmni virusga qarshi kurashishga tayyorlaydi. Butun dunyo boʻylab milliardlab dozadagi COVID-19 ga qarshi vaksinalari qoʻllanilgan va kasallikning ogʻir kechishini oldini olishda yuqori samaradorligini koʻrsatgan. COVID-19 ga qarshi vaksinalar immunitetni zaiflashtiradigan boʻlganida, COVID-19ga qarshi emlangan odamlarda kasallik yanada ogʻirroq oʻtar edi. Modomiki bu narsa sodir boʻlmayotgan ekan, bu vaksinalar samarali ekaniga dalolatdir.
If you cannot view the above video, you can instead download it.