1.5.png

Nima uchun emlanish orqali erishilgan immunitet COVID-19 bilan kasallanish immunitetidan xavfsizroq

Emlanish kasallikning oldini olish uchun eng samarali tibbiy chora deb hisoblanadi. Virusni yuqtirib, COVID-19 ga qarshi immunitetni shakllantirishingiz mumkin boʻlsa-da, kasallanishdan jiddiy xastalik va oʻlim xavfi mavjud. Ba'zi odamlar COVID-19 ning uzoq muddatli yon ta'siridan aziyat chekmoqda. Bundan tashqari, COVID-19 shtammlari juda yuqumli va sizning oilangiz yoki jamoangizning zaif boʻlgan a'zolari hayotiga tahdid solishi mumkin.

Emlanish sizga COVID-19 bilan kasallanmasdan va uni boshqalarga yuqtirmasdan xavfsiz va nazorat ostida immunitetni mustahkamlash imkonini beradi. Bugungi kunda COVID-19 infeksiyasiga qarshi immunitet qancha davom etishi aniq emas va odamlar orasida COVID-19 bilan takroriy kasallanish holatlari mavjud. Barchani shu jumladan ilgari COVID-19 bilan kasallanganlarni ham emlanishga undash zarur.

COVID-19 ga qarshi emlangach, yengil nojoʻya ta'sirlarni boshdan kechirish odatiy hol boʻlsa-da, bu siz COVID-19 ni yuqtirdingiz degani emas. Chunki, vaksinalar tarkibida jonli viruslar mavjud emas.

Emlashdan keyin mumkin boʻlgan yengil isitma, in'eksiya joyida ogʻriq va zaiflik organizmning vaksinaga nisbatan normal reaksiyasi boʻlib, bu holat 2-3 kun ichida oʻtib ketadi. Emlanishdan keyingi har qanday bezovtaliklar boʻyicha, poliklinikangizdagi shifokor bilan bogʻlaning.

Oldingi