Nima uchun homilador ayollar COVID-19 ga qarshi emlanishlari zarur?
Chaqaloqqa gʻamxoʻrlik qilish – onaning eng muhim vazifasi hisoblanadi. Bolaga gʻamxoʻrlik qilish uchun esa, birinchi navbatda onaning oʻzi sogʻlom boʻlishi kerak. Homiladorlik davrida immunitetning pasayishi tufayli homilador ayollarda koronavirus infeksiyasini yuqtirish ehtimoli yuqori. Emlanish orqali ayol ushbu virus olib kelishi mumkin boʻlgan ogʻir asoratlardan nafaqat oʻzini balki, boʻlajak farzandini ham himoya qilgan boʻladi.
- Aynan homilador ayollar COVID-19 kasalligi ogʻir kechishi mumkin boʻlgan xavf ostidagi guruhga kiradilar. Aksariyat hollarda 35 va undan katta yoshdagi tana vazni yuqori boʻlgan, qandli diabet, gipertoniya va shunga oʻxshash yondosh kasalliklari boʻlgan homilador ayollarda COVID-19 jiddiy asoratlar bilan kechishi mumkin.
- Homiladorlik davrida COVID-19 bilan kasallanish, bolaning muddatidan oldin tugʻilishiga olib kelishi mumkinligi natijasida, yangi tugʻilgan chaqaloqlarga tibbiy muolajalar oʻtkazish ehtiyoji ortadi.
- Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan asoratlar (oqibatlar), ona va bola salomatligini saqlash uchun amalga oshirilgan mazkur kasallikga qarshi emlash bilan bogʻliq xavflardan ancha yuqori turadi
Homilador ayollarni emlash mumkinligi va homiladorlik davrida COVID-19 kasalligini yuqtirib olish xavfi mavjudligini inobatga olib, emlashning samarasi hamda xavfsizligi toʻgʻrisidagi ma'lumotlar ularga va yaqinlariga yetkazilishi kerak.