2.2.png

Vaksina homila (bola) uchun xavfli emasmi?

Yo‘q, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) ma'lumotlariga ko‘ra, COVID-19 ga qarshi qo‘llaniladigan vaksinalar homila uchun xavfsiz. Emlanganlarda immunitet shakllanib, hosil bo‘lgan antitanachalar kindik qoni va ko‘krak suti orqali bola organizmiga kirib, bir paytning o‘zida ona va bolani himoya qiladi.

Homilador ayollarda COVID-19 salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligini inobatga olib, mazkur toifadagi shaxslarga qo‘llash qulayligi va samaradorligini tasdiqlovchi dalillar asosida JSST Pfizer-BioNTech vaksinasini homiladorlikning 22 xaftaligidan boshlab qo‘llashni tavsiya qiladi.

Oldingi Keyingi