Moderna, Pfizer, AstraZeneca, Sputnik V, ZF-UZ-Vac2001 vaksinalarining tarkibi qanday?
Moderna - bu mRNK vaksinasi. Tarkibi: ma'lumot ribonuklein kislotasi (mRNK), lipidlar (SM-102, polietilenglikol [PEG] 2000, dimiristoylglitserin [DMG], xolesterin va 1,2- distearoil- sn-glisero-3.- fosfoxolin [PChamin], trometamin, trometamin gidroxloridi, sirka kislotasi, natriy trigidrat asetat va saxaroza.
Pfizer-BioNTech (COMIRNATY) - bu mRNK vaksinasi. Tarkibi: mRNK va lipidlar ((4-gidroksibutil) azandiyl) bis(geksan-6,1-diyl) bis (2-geksildekanoat), 2 [(polietilen glikol) -2000]-N, N-ditradesilasetamid, 1,2- distearoil -sn-glitsero-3-fosfokolin va xolesterin). 12 va undan katta yoshdagi shaxslar uchun Pfizer-BioNTech vaksinalari quyidagi qo‘shimcha ingredientlardan birini o‘z ichiga oladi:
- kaliy xlorid, bir asosli kaliy fosfat, natriy xlorid, ikki asosli natriy fosfat dihidrat va saxaroza
yoki
- trometamin, trometamin gidroxloridi va saxaroza.
AstraZeneca - ChAdOx1-S/nCoV-19 [rekombinant] vaksinasi.
Bu COVID-19 ga qarshi replikatsiyaga qodir bo‘lmagan adenovirus vektorli vaksina. Mavjud dalillar tahlili ChAdOx1-S/nCoV-19 [rekombinant] vaksinasining ma'lum va potensial foydalari uning ma'lum va potensial xavflaridan ustun turadi degan xulosani tasdiqlaydi.
Sputnik V - vektorli vaksina, ko‘paya olmaydigan odam adenovirusidan iborat. Bu patogen xavfli emas, u faqat yengil shamollashni keltirib chiqaradi. SARS-CoV-2 koronavirusining boshoq oqsili geni uning DNKsiga kiritilgan. Protein hujayralar yuzasidagi retseptorlarga bog‘lanadi va virusning ichkariga kirishiga yordam beradi. Immunitetimiz boshoq oqsilida reaksiyaga kirishadi. Adenovirus vektori yetkazib berish vositasi sifatida xizmat qiladi. Vaksina inson adenovirusining ikki xil shtammiga asoslangan vektordan foydalanadi - serotip 26 va 5 (Ad26, Ad5). Preparat yordamchi moddalar bilan eritma shaklida chiqariladi: masalan, tris, natriy va magniy xloridlari, saxaroza, polisorbat, magniy xlorid geksahidrat, EDTA, etanol, suv.
ZF-UZ-VAC2001 - mRNK vaksinasi bo‘lib, u ko‘paytirish va tozalash uchun biotexnologiyadan foydalangan holda maxsus СНО hujayralarida o‘stirilgan virus oqsilining bir qismidan (COVID-19 virusining tashqi glikoproteinining bir qismi) iborat va immunitet reaksiyasini kuchaytirish uchun alyuminiy gidroksid bilan aralashtirilgan. U tanamizga kirganida, bu oqsilga qarshi antitanalar paydo bo‘ladi. Shunday qilib, agar kelajakda COVID-19 virusi tanamizga kirsa, antitanalar virusni taniydi va uni darhol yo‘q qiladi. Natijada, emlangan odamda infeksiya bilan bog‘liq alomatlar bo‘lmasligi mumkin, yoki kasallik juda yengil kechishi mumkin.