COVID-19 bilan kasallanish holatlari nisbatan kamayganiga qaramay, COVID-19 ga qarshi emlash zaruriyati nima bilan bog‘liq?
Dunyo bo‘ylab bir qancha mamlakatlar COVID-19 tarqalishi bilan bog‘liq cheklovlarni olib tashlagan bo‘lsa-da, COVID-19 xavfi barham topgani yo‘q.
2022-yil iyun oyida, bir necha oylik pasayishdan so‘ng, Yevropaning ko‘plab mamlakatlarida, shuningdek, Shimoliy va Janubiy Amerikada kasallanish darajasi yana oshib bormoqda. COVID-19 ning yangi shtammlari ham rivojlanmoqda.
Virus odamlar orasida qancha ko‘p aylansa, uning o‘zgarishi uchun imkoniyatlar shunchalik ko‘payadi va har bir yangi variant avvalgisiga qaraganda yuqumliroq bo‘ladi. Shuning uchun ayniqsa immuniteti zaif va yondosh kasalliklari bo‘lgan odamlar uchun emlanish muhim.
AQSh Kasalliklarni nazorat qilish markazi (CDC) ma'lumotlariga ko‘ra, emlanmagan odamlarda COVID-19 sababli o‘lim ehtimoli emlanganlarga qaraganda 11 baravar ko‘p.