ИПВ-полиомиелитная-вакцина.png

Opv – oral poliomielitga qarshi vaktsina IPV – inaktivlangan poliomielitga qarshi vaktsina

Poliomielit – polioviruslarning 1, 2 va 3 tiplari keltirib chiqaruvchi, asosan 5 yoshgacha bolalarni zararlovchi virusli o'tkir yuqumli kasallikdir. Virus fekal-oral va havo-tomchi yo'li bilan tarqaladi va odamdan-odamga yuqadi. Virus orqa miyaning asab tolalarining falajiga olib keladi

Turg'un va tuzal falajlik va uning oqibatida kelib chiqadigan qo'l va oyoqlarning deformasiyasi shollikka olib keladigan kasallikning asoratlaridir.

Poliomielitning boshqa xavfli asoratlari: zotiljam, o'pka atelektazlari, interstisial miokardit, ayrim hollarda oshqozonning o'tkir kengayishi, oshqozon-ichak tizimining qon aralash buzilishi, yara paydo bo'lishi va teshilishi.

Poliomielitdan falajlangan bolalarning 5-10 foizi nafas mushaklarining falajlanishi oqibatida vafot etadi. O'smirlar va kattalar o'rtasida o'lim darajasi 15 foizdan - 30 foizgacha miqdorni tashkil etadi.

Poliomielitdan keyingi sindrom, ya'ni o'tkir paralitik poliomielitdan sog'aygandan keyin kasallik belgilarining 15-30 yildan so'ng paydo bo'lishi 25-50 foiz holatlarda kuzatiladi, bunga mushaklarning o'tkir yoki kuchayib boruvchi holsizligi, mushak og'riqlari va charchoq qo'shiladi.

Poliomielit tuzalmaydi, uni faqat oldini olish mumkin.

Uzbekiston Respublikasining milliy emlash kalendariga poliomielitga karshi OPV tirik vaktsinalari va inaktivlangan o'lik IPV vaktsinasi kiritilgan. Bunday yo'nalish alohida qabul qilishdan ko'ra samaraliroq.

Oldingi Keyingi