Pentavalent - difteriya, ko'kyo'tal, qoqshol, gepatit B, XIB-infektsiyaga qarshi vaktsina
Difteriya, ko'kyo'tal, qoqshol bilan bog'liq asoratlar haqida AKDS vaktsinasi to'g'risidagi joyda o'qishingiz mumkin.
Gepatit B bilan bog'liq asoratlar haqida VGV - gepatit V ga qarshi vaktsina haqidagi ma'lumotdan bilib olishingiz mumkin.
XIB infektsiyasi – 5 yoshgacha bo'lgan bolalarga xavf tug'diruvchi gemofiliyaning b turi tayoqchasi keltirib chiqaradigan yuqumli kasalliklar guruhi. Bir qancha, ya'ni 50 foizgacha quloq, burun, tomoq, shu bilan birga qaytalovchi yiringli otitlar (o'rta quloqning shamollashi) va sinusitlar (burun oraliq devori) kabi yiringli infektsiyalar XIB infektsiyasi bilan bog'liqdir.
Lekin XIB infektsiyasining xavfli bir qancha og'ir turlari ham uchrab turadi. Eng og'ir turlaridan biri yiringli meningitdir (miya va orqa miya qobig'ining yallig'lanishi) va o'limga olib keladigan miya shishi. Shu bilan birga XIB infektsiyasi quyidagi asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin:
- faringit, bronxit
- zotiljam va uning oqibatida o'tkir nafas va qon-tomir etishmovchiligi;
- epiglottit (halqumning orqa devori va kekirdak ustining og'ir shishi) va uning oqibatida asfiksiya (nafas etishmovchiligi)
- osteomielit (suyak va bo'g'imlarning yallig'lanishi)
- Tsellyulit (teri osti kletchatkasining yallig'lanishi, odatda yuz qismida)
- artrit (bo'g'imlar yallig'lanishi)
- sepsis va o'limga olib keladigan septik shok
Kasallik tez rivojlanadi, meningit va epiglottit o'limga olib kelishi mumkin. Meningit kasalligidan keyin omon qolgan bolalarning 15-30 foizida nutq buzilishi, aqliy zaiflik, eshitish qobilyatining pasayishi, o'sishdan orqada qolish kabi asoratlar saqlanib qoladi.
XIB-infektsiyasini qo'zg'atuvchisi ferment ishlab chiqib, antibiotiklarga chidamli bo'ladi, shu sababli kasallikni davolash murakkab kechadi. O'z vaqtida tashxis qo'yib, antibiotiklar bilan davolashni boshlagan taqdirda ham, o'lim xavfi baribir saqlanib qoladi.