ПНЕВМО-пневмококковой-инфекция.png

Pnevmokokk – pnevmokkok infektsiyasiga qarshi vaktsina

Pnevmokokk zotiljam, meningit (bosh va orqa miya qobig'i yallig'lanishi), septisemiya (qonni infektsiya bilan zararlanishi) kabi murakkab kasalliklar, shu bilan birga bronxit, otit (o'rta quloq yallig'lanishi), sinusit (burunning yallig'lanishi) va konyunktivit (ko'zning shilliq qavati yallig'lanishi) kabi engilroq kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Pnevmokkok infektsiyasi 5 yoshgacha bo'lgan bolalar orasida o'limga sabab bo'luvchi etakchi infektsiya hisoblanadi.

Pnevmokkok infektsiyasidan keyingi mumkin bo'lgan asoratlar:

- o'lim bilan tugaydigan (2/3 holatgacha) o'pka empiemga (plevra orasida yiring yig'iladi va bu o'pka to'qimasining nafas yuzasini qisqartiradi)

- aqliy o'sishdan orqada qolish, psixikaning rivojlanishidagi kechikish, harakat buzilishi, eplepsiya va karlik

- organlarning kuchli zarbadan shikastlanishi va o'lim darajasi 20-50% ni tashkil etadigan sepsis.

Kasallikning tez kechishi (2-3) sababli antibiotiklarga sezgirligini aniqlash uchun vaqt yo'q, bu standart antibakterial preparatlarni yuborishga qaramasdan pnevmokokkli infektsiyalarining og'ir kechadigan turlari bilan og'rigan bemorlar o'limiga sabab bo'ladi.

Oldingi Keyingi