Рота---Ротавирус.png

Rota - rotavirus vaktsinasi - virusli diareyaga qarshi vaktsina

Rotavirus kichik yoshdagi bolalar o'rtasida diareya (ich ketishi, qayt qilish va suvsizlanish belgilari) bilan kechuvchi gastroenterit kelib chiqishining asosiy sababchisi hisoblanadi. Kasallik fekal-oral yo'li bilan yuqadi, u "iflos qo'l kasalligi" hisoblanadi.

Ko'pgina bolalar ushbu virus bilan 5 yoshga to'lguniga qadar zararlanadi. Bu kasallik barcha hududlarda kuzatiladi, hatto yaxshi sanitariya-gigiena sharoitlariga ega bo'lgan va xavfsiz ichimlik suvi bilan ta'minlangan davlatlarda ham.

Rotavirus infektsiyasi kasalligi to'g'ri davolanganda asoratlar kuzatilmaydi.

Lekin bir yoshgacha bo'lgan bolalarda qayt qilish yoki tez-tez suvdek ich ketishi boshlangandan keyin juda tez suvsizlanish boshlanib, shok holati, buyrak va jigar faoliyatining buzilishi kabi og'ir asoratlarga olib kelib, o'limga sabab bo'ladi. Ko'proq 3 yoshgacha bo'lgan bolalar zararlanadi.

Emlash kichik yoshdagi bolalarni rotavirusli gastroenteritning og'ir formalaridan kamida ikki yil (yuqori xavf davrida) himoya qiladi.

Oldingi Keyingi