VGB - gepatit "B" ga qarshi emlash
Virusli gepatit B – o'tkir yuqumli kasallik bo'lib, jigarga zarar etkazadi. Ushbu virus kasal odamdan parenteral va maishiy muloqot (qon, sperma, so'lak) qilish orqali yuqadi. U onadan homilaga yoki tug'ruq vaqtida bolaga yuqishi mumkin.
Gepatit B virusini yuqtirib olish natijasida belgilarsiz kechadigan gepatit B kasalligi, virusli o'tkir gepatitning B turi, surunkali gepatit, jigar tsirrozi va gepatosillar rak kasalliklari kelib chiqadi. Kasallikni 1 yoshgacha yuqtirib olgan bolalarning 80-90% da surunkali VGB rivojlanadi. Surunkali VGB vaqti-vaqti bilan qaytalab, to'lqinsimon kechadi, keyinroq 20-30% odamlarda jigar tsirrozi yoki saraton rivojlanadi.
JSST ning m'lumotlariga ko'ra har yili dunyoda 600 000 dan ortiq odam VGB asoratidan vafot etadi.
VGB kasalligini xavfsiz va samarali emlash yo'li bilan oldini olish mumkin.