VPCH/OPV – odam papilloma virusiga qarshi vaktsina
VPCH/OPV - bu tananing teri va shilliq qavatlarini (misol uchun og'iz bushlig'i va bachadon bo'yni) zararlovchi viruslar guruxi. VPCH/OPV ning ikki turi (16 va 18) bachadon bo'yni saratoni holatlarining 70% ni keltirib chiqaradi. Rivojlanayotgan davlatlarda bachadon bo'yni saratoni ayollar o'limining birlamchi sabablaridan biri hisoblanadi.
80% odamlar hayoti davomida virusning bitta yoki bir necha turlari bilan zararlanadi. Ko'pincha bu viruslar bilan zararlanganlarda kasallikning hech qanday belgilari namoyon bo'lmaydi va xastalanganlarning o'zlariga ham sezilmaydi. Ko'pchilik tservikal infektsiyalar 1-2 yilda o'z-o'zidan sog'ayib ketadi, lekin 5-10% zararlangan ayollarda infektsiya saqlanishi va saraton oldi o'choqlari deb nomlanuvchi patologik hujayralarni paydo qilishi mumkin.
VPCH/OPV ning jinsiy yo'l bilan yuqadigan bir necha turlari anus, vulva, moyliq, jinsiy organlar va tomoq saratoni kasalliklarini yoki qiyin davolanadigan og'riqli o'tkir uchli kandiloma kasalligini ham keltirib chiqarishi mumkin. VPCH/OPV ning boshqa turlari tananing ayrim joylarida oddiy so'gallar paydo bo'lishiga sababchi bo'ladi, misol uchun qo'llarda va oyoqlarda.
VPCH/OPV infektsiyalari yuqishi natijasida kelib chiqadigan bachadon bo'yni saratoni o'limga olib kelishi yoki odam sog'lig'ida ayrim muammolarni, misol uchun bepushtlikni keltirib chiqarishi mumkin.
Bachadon bo'yni saratonining kechki bosqichlarida kamqonlik, buyrak faoliyatidagi buzilishlar va fustillalar hosil qilishi kuzatiladi.