9.2.png

COVID-19 pandemiyasi davrida bolalarni rejali emlash xizmatlari

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining va Sanitariya-epidemiologiya xizmatining buyruqlari va ko‘rsatma xatlariga rioya qilgan holda, rejali emlash xizmatlarini davom ettirish muhimdir.

Avvalo, sog‘liqni saqlash xizmatlari, tibbiyot xodimlarining xavfsizligini ta'minlash uchun javobgardir. Sog‘liqni saqlash muassasalarida bemorlar bilan muloqot va muolajalar tibbiyot xodimlarini, parvarish qiluvchilarni va bemorlarni infeksiyadan himoya qiladigan sharoitlarda o‘tkazilishi zarur.

Himoya kiyimini (niqob, qo‘lqop, xalat va h.k.) kiyish, shuningdek, har bir muloqotdan so‘ng qo‘lni sovunlab yuvish kabi immunizatsiya tadbirlarida infeksiya tarqalishini kamaytirish uchun COVID-19 ga qarshi ehtiyot choralarini qo‘llang.

Oldingi