9.1.png

Nima uchun pandemiya davrida milliy taqvimga asosan rejali emlashlarni davom ettirish muhim?

COVID-19 ga qarshi emlanishni targ‘ib qilish milliy taqvimga asosan rejali emlashlarni davom ettirishni aholiga eslatish uchun yaxshi imkoniyatdir. Milliy taqvimga asosan rejali emlash xizmatlarini bir muddatga bo‘lsa ham to‘xtatish asosiy tibbiy yordam ko‘rsatishni vaqtincha to‘xtatishdagi kabi jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Butun dunyoda emlash bolalarni halokatli kasalliklardan himoya qilishning eng samarali usuli hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga ko‘ra, emlash har yili 2-3 million o‘limning oldini oladi. Bolalarni o‘z vaqtida emlash, oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklar paydo bo‘lishi xavfini kamaytiradi.

Tibbiyot xodimi sifatida, odatdagidek, ota-onalarga o‘z farzandlarini O‘zbekiston Respublikasining milliy emlash kalendariga muvofiq emlatish haqida qat'iy tavsiya qilishni davom ettirish muhimdir. Jamiyat a'zolari va ularning yaqinlarini emlash orqali oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklar va epidemiyalardan himoya qilish uchun immunizatsiya xizmatlarini davom ettirish juda muhimdir.

01_2.png

Keyingi