8_Физикальное_обследование_при_диагностике_кори (1).png

Qizamiq diagnostikasida jismoniy tekshiruv

Kataral davrda (davrning davomiyligi 3-4 kun):

  • o’sib borayotgan kataral sindrom (yo’tal, rinit, traxeit, laringit, bronxit, kon’yunktivit, sklerit, ko’z yoshini oqishi, yorug’likdan qo’rqishi, blefarospazm, ko’zning qizarishi);
  • bemorning yuzi shishgan, qovoqlari pastadir;
  • qizamiq enantemasi: yumshoq, qisman qattiq tanglayning shilliq qavatidagi qizil tartibsiz shakldagi dog’lar;
  • Filatov-Koplik-Belskiy dog’lari (davr oxirida) yonoqlarning shilliq qavatida kichik sut tishlari qarshisida, kamroq lablar, milklar va ko’z kon’yunktivasining shilliq qavatida; Belskiy-Filatov-Koplik simptomi aniqlanganda, qizamiq tashxisi shubhasizdir (klinik).

Toshma davrida:

  • birinchi kunida Belskiy-Filatov-Koplik dog’larini paydo bo’lishi ;
  • kasallikning boshlanishidan 4-5-kunida toshma paydo bo’lishi;
  • birlashishga moyil bo’lgan makulo-papulyar toshma;
  • 3 kun ichida toshmalarning bosqichma-bosqich tarqalishi: birinchi kuni quloq orqasida, yuz, bo’yin, ko’krakning yuqori qismida, 2-kuni – tanada, 3-kun – oyoq-qo’llarda;
  • intoksikasiyaning kuchayishi, nafas yo’llarining shilliq pardalari va ko’z kon’yunktivasidan kataral hodisalar (burun oqishi, yo’tal, ko’z yoshini oqishi, yorug’likdan qo’rqishi);
  • traxeobronxit, laringit, krup belgilari;
  • toshmadan keyin pigmentatsiya paydo bo’lishi.

Pigmentasiya davrida:

  • toshma qanday paydo bo’lsa, xuddi shunday ketma-ketlikda yo’qoladi, pigmentasiya va qobiq paydo bo’ladi.

Qizamiqni og’ir kechishi:

Qizamiq bilan og’rigan bolada quyidagi alomatlar va belgilarning har birini borligi bolaning og’ir ahvolini ko’rsatadi:

  • icha olmaydi yoki emolmaydi;
  • har qanday ovqat yoki ichimlikdan keyin qusish;
  • tutqanoqlar.

Qizamiqning og’ir murakkab kechishining belgilariga e’tibor berish kerak:

  • ongning susayishi yoki yetishmasligi;
  • shox itaminl xiralashishi;
  • og’iz bo’shlig’ida chuqur yoki keng yaralar;
  • pnevmoniya (yo’tal yoki og’ir va tez nafas olish, mos keladigan ko’krak qafasi joylarini tortib olish);
  • diareya tufayli suvsizlanish
  • qizamiq krupi tufayli stridor (shovqinli nafas olish);
  • jiddiy to’yib ovqatlanmaslik.
Oldingi Keyingi