Qizamiq kasalligining tasnifi
Qizamiq jiddiy asoratlari va o’lim darajasi yuqori bo’lgan o’ta yuqumli virusli kasallikdir. Virus nafas yo'llarini yuqtiradi, keyin butun tanaga tarqaladi.
Qizamiq kasalligining tasnifi:
Kasallikning klinik ta’rifi: Isitma va makulopapulez toshmalar (vezikulyoz emas) va quyidagilardan biri bo’lgan bemor: yo’tal, burun oqishi, kon’yunktivit
Shubhali holat: kasallikning klinik ta’rifiga mos keladigan har qanday bemor
Epidemiologik jihatdan bog’liq bo’lgan holat: qizamiq bilan mos keladigan belgilar va alomatlar bo’lgan bemor, simptomlar boshlanishidan 7-18 kun oldin laboratoriya tomonidan tasdiqlangan holat bilan aloqada bo’lgan
Laboratoriya tomonidan tasdiqlangan holat: Qizamiqqa mos keladigan belgilar va alomatlari bo’lgan va kasallikni tasdiqlash uchun laboratoriya mezonlariga javob beradigan bemor:
- qon zardobida, quruq qon dog’ida yoki tupurikda qizamiqga qarshi IgM antitanachalarini aniqlash;
yoki
- to’liq qon, nazofarenks yoki siydik namunasidan, PCR yordamida qizamiq virusi RNKsini aniqlash;
yoki
- juftlashgan zardoblarda qizamiqga qarshi IgG antitanachalarining sezilarli darajada oshishi (4 martadan ortiq);
Laboratoriya tomonidan tasdiqlangan holat klinik holat ta’rifiga javob berishi shart emas.