Qizamiqni davolash xususiyatlari
Qizamiq uchun maxsus davolash mavjud emas.Antibiotiklar faqat asoratlar, quloqning bakterial infeksiyalari va pnevmoniya paydo bo’lsa tayinlanadi.
Qizamiq bilan og’rigan bolalar to’g’ri ovqatlanishlari va diareya paydo bo’lganida, regidratasiya terapiyasini olishlari kerak.
To’g’ri davolash va A vitamin qo’shilishi bilan og’ir asoratlarning oldini olish mumkin. Qizamiqni davolashda 24 soat oralig’ida A vitaminining ikki dozasini bemorga berish qizamiqdan chaqaloqlar o’limini 50% ga kamaytiradi.
Qizamiq bilan kasallangan va undan tuzalgan odam umrbod immunitetga ega.