Qizamiqning asoratlari
Qizamiq bilan bog’liq o’limlarning aksariyati asoratlar tufayli yuzaga keladi. Jiddiy asoratlar 5 yoshgacha bo'lgan bolalarda yoki 30 yoshdan oshgan kattalarda tez-tez uchraydi. Qizamiqning mumking bo’lgan asoratlari:
- Nafas olish organlari (pnevmoniya, laringit, laringotraxeit, bronxit, bronxiolit, plevrit);
- Ovqat hazm qilish tizimi (stomatit, og’iz bo’shlig’ida chuqur yoki keng yaralar, enterit, kolit);
- Asab tizimi (ensefalit, meningoensefalit, mielit);
- Ko’rish organlari (kon’yunktivit, keratit, blefarit, keratokon’yunktivit);
- Eshitish organlari (otitlar, mastoidit);
- Siydik chiqarish tizimi (sistit, pyelonefrit);
- Teri (pyoderma, abstsess, flegmona).
Antibiotiklar paydo bo’lgunga qadar qizamiq bilan kasallangan har 100 kishidan 1 nafari vafot etgan bo’lsa, hozirda qizamiq bilan kasallangan har 1000 kishidan 1 nafari vafot etadi.
Qizamiqdan eng yaxshi himoya bu qizamiq-parotit-qizilchaga (KPK) qarshi emlanishdir.