03_Myths.width-360.png

Afsonalar

FAKT

Koronavirus iqlimdan qat'iy nazar yuqishi mumkin. Eng yaxshi profilaktika qo'lingizni suv va sovun bilan tez-tez yuvish yoki tarkibida spirt bo’lgan antiseptic vosita bilan tozalashdir.

FAKT

Kasallik belgilari bo'lmagan odamlar, shu jumladan bolalar ham virusni yuqtirishlari mumkin. Shu sababli, ijtimoiy masofaga rioya qilish va qo'llarni tez-tez yuvish muhimdir.

FAKT

Antibiotiklar viruslarga qarshi ishlamaydi, ular faqat bakteriyalarga ta’sir qiladi. Kasallik alomatlarini bartaraf etish uchun maxsus davolash usullari qo'llaniladi.

FAKT

Har bir inson virusni yuqtirishi mumkin. Yondosh kasalliklari mavjud (masalan, qandli diabet, yuqori qon bosimi va yurak kasalliklari) bo'lgan odamlar va yoshi kattalarning kasallikni yuqtirish va ushbu kasallikni og'ir kechishiga moyilliklari yuqoridir.

FAKT

Har bir inson o'z oilasi va yaqinlarini kasallikdan himoya qilishi mumkin.

Ijtimoiy masofani amalda qo‘llash, qo‘lingizni tez-tez sovun va suv bilan yuvish, yuzingizga tegmaslik, aksirish va/yoki yo‘talishda og’iz/burunni egilgan tirsak bilan yopish, odamlar gavjum joylarda niqob taqish orqali kasallikning tarqalishini to‘xtatishga yordam bera olasiz.

COVID-19 ga qarshi vaksinalar bu kasallik tarqalishining oldini olish uchun eng samarali vositadir.

Oldingi Keyingi