Agar bolam oxir-oqibat baribir barcha kerakli vaktsinalarni oladigan bo'lsa, nima uchun ularning ayrimlarini olishni kechiktirishim mumkin emas?
Respublikamizda milliy emlash taqvimi mavjud bo'lib, O'zbekiston hududida istiqomat qilganlar ushbu taqvimda belgilangan vaqt va intervallarga rioya qilgan xolatda emlanishlari zarur. Emlashni o'z vaqtida olmasdan, kechiktirib emlanishlar o'rtasidagi intervallar uzoq bo'lib ketsa, bola organizmida to'liq immunitet hosil bo'lmaydi va yuqumli kasalliklarga chalinish xavfi oshadi.
Kichik bolalarda kasalxonaga yotqizilishga yoki o'limga olib keladigan jiddiy kasallikka chalinish xavfi ayniqsa yuqori bo'ladi. Emlashni kechiktirish yoki vaktsinaning barcha dozalarini o'z vaqtida olmaslik bolangizni himoyaga ayniqsa muhtoj bo'lgan vaqtda himoyasiz qoldirishi mumkin. Masalan, gemofil yoki pnevmokokk infektsiyasi kabi kasalliklar deyarli doimo chaqaloq hayotining dastlabki ikki yilida rivojlanadi. Kichik yoshda "B" gepatiti va ko'kyo'tal kabi jiddiy kasalliklarga chalingan bolalarda bu xastaliklar ancha og'irroq kechadi. Bolangizni Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tavsiya etilgan emlash taqvimiga muvofiq emlatishingiz uni yoshligidan himoya qilishga yordam berishingiz mumkinligini anglatadi.