Bolamni ko'krak suti bilan emizayotgan bo'lsam ham, uni emlash taqvimiga muvofiq emlatishim kerakmi?

Ha, albatta. Hatto ko'krak suti bilan emizilayotgan bolalar ham tavsiya etilgan yoshda vaktsinalar bilan himoya qilinishi shart. Chaqaloq tug'ilganida uning immunitet tizimi hali to'liq rivojlanmagan bo'ladi, bu esa yangi tug'ilgan chaqaloqlarning infektsiyalarga chalinish xavfini oshiradi.

Chaqalog'ingizning immunitet tizimi rivojlanib borgani sari, ko'krak suti ba'zi infektsiyalardan muhim himoyani ta'minlaydi. Masalan, ko'krak suti bilan emiziladigan bolalarda quloq infektsiyalari, nafas yo'llari infektsiyalari va diareyaga chalinish xavfi kamroq bo'ladi. Biroq, ona suti bolalarni barcha yuqumli kasalliklardan ham himoya qilavermaydi. Hatto emiziladigan chaqaloqlar uchun ham emlash ko'plab kasalliklarning oldini olishning eng samarali usuli hisoblanadi. Sizning kichkintoyingiz uzoq muddatli himoyaga muhtoj, bunga esa barcha vaktsinalarni tavsiya etilgan emlash jadvaliga muvofiq qabul qilish orqaligina erishish mumkin.

Oldingi Keyingi