Agar farzandim bolalar muassasasida emas, o'z uyida parvarishlanayotgan bo'lsa, uni emlatishni kechiktirishim mumkinmi?

Yo'q, hatto uyda parvarishlanadigan yosh bolalar ham emlash orqali oldini olish mumkin bo'lgan kasalliklarga chalinishlari ehtimoli bor, shu bois ular uchun barcha vaktsinalarni tavsiya etilgan yoshda olish muhim ahamiyatga ega. Bolalar ushbu kasalliklarni har qanday odamlardan yoki joylardan, shu jumladan ota-ona, aka-uka yoki opa-singildan, uyiga tashrif buyuruvchilardan, o'yin maydonchalarida yoki hatto do'konda yuqtirishlari mumkin. Kichkintoyingiz uydan tashqarida parvarish qilinadimi yoki yo'qmi, u kun davomida odamlar bilan muloqot qilishi, ana shu odamlarning ayrimlari xastalanib qolgan bo'lishi, ammo bu to'g'risida o'zlari ham bilmasliklari mumkin. Vaktsinalar orqali oldi olinadigan kasallikka chalingan odamda uning alomatlari namoyon bo'lmasligi yoki yengil shaklda ifodalanishi, va u oxir-oqibat kasallikni chaqaloqlar yoki yosh bolalarga yuqtirishi mumkin. Yodingizda bo'lsin, ushbu kasalliklarning aksariyati kichik bolalar uchun xavfli, shuning uchun bola o'z uyida parvarishlanishi yoki yo'qligidan qat'i nazar, uni himoya qilish uchun tavsiya etilgan yoshida emlash eng xavfsiz usuldir.

Oldingi Keyingi